10 okt 06:45
Yangiliklar
Futbol
JCH-2018. Serbiya terma jamoasi ham Rossiyaga boradi
Serbiya terma jamoasi jahon chempionatiga yo'llanma olgan o'n ettinchi terma jamoaga aylandi.
Serbiyalik futbolchilar o'z maydonlarida Gruziya terma jamoasini qabul qilib, 1:0 hisobida zafar quchishdi. Priyovichning 74‑daqiqada kiritgan yagona goli Serbiyani JCH-2018 final bosqichiga olib chiqdi.
Bolqonliklar 21 ochko jamg'arib, D guruhi g'olibiga aylanishdi. Bu guruhdan Irlandiya terma jamoasi ikkinchi o'rin sohibi sifatida pley-offda mundial chiptasi uchun kurashni davom ettiradi.
Havola :
Fikrlar