16 iyu 16:58
Yangiliklar

JCH-2018. Videotakrorlar Franciyaning g'alabasini taminladi
Qayd etib o'tish lozimki, ushbu o'yinda ilk marotaba VAR tizimi orqali JCHdagi ilk penalti belgilandi. Ushbu penaltini Grizmann aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Oradan to'rt daqiqa o'tib esa franciyalik himoyachi to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun avstraliyaliklar 11 metrlik jarima zarbasini tepish huquqiga ega bo'ldilar. Penaltini Edinak aniq amalga oshirdi. 80-daqiqada esa Pogbaning zarbasini gol aniqlaydigan tizim gol bo'lganligini qayd etdi. SHu tariqa, Franciya JCHni g'alaba bilan boshladi.
Franciya – Avstraliya 2:1
Gol: 1:0 – 58, penalti Grizmann, 1:1 – 62, penalti Edinak, 2:1 – 80 Pogba.
Franciya – Loris, Varan, Lyuka Ernandes, Pavar, Umtiti, Tolisso (Matyuidi, 78), Kante, Pogba, Dembele (Fekir, 70), Grizmann (Jiru, 70), Mbappe.
Avstraliya – Rayan, Seynsberi, Bexich, Risdon, Milligan, Lekki, Edinak, Muy, Rogich (Irvayn, 72), Kruz (Arzani, 84), Nebbaut (Yurich, 64).
Ogohlantirishlar: Lekki (13), Risdon (57), Tolisso (76), Bexich (87).
Fikrlar