So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

21 iyu 07:17
Yangiliklar

Futbol

JCH-2018ga chiqish istagidagi terma jamoamiz “Ufa” bilan durang o'ynadi

Avstriyada o'quv-yig'in mashg'ulotini o'tkazgan O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha Rossiyaning “Ufa” klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

O'yinda hisob 2-daqiqadayoq ochildi. Stockiy milliy terma jamoamiz jarima maydonchasiga kirib, jamoadoshi Marsinoni to'p bilan taminladi. Braziliyalik futbolchiga darvozani ishg'ol qilish uchun to'p yo'nalishini o'zgartirish etarli bo'ldi.

Birinchi bo'lim o'rtalariga kelib, futbolchilarimiz raqib darvozasini ketma-ket ikki bor ishg'ol qilishdi. Avvaliga Eldor SHomurodov burchak to'pidan keyin hisobni tenglashtirgan bo'lsa, oradan ikki daqiqa o'tib, Jamshid Iskanderov uzoq masofadan “Ufa” darvozasini nishonga oldi.

Ikkinchi bo'lim raqibning hujumlari bilan boshlandi. Bu 59-daqiqada penalti bilan yakunlandi. Nuqtaga yaqinlashgan Marsino o'z dublini nishonlab, uchrashuvga nuqta qo'ygan golga mualliflik qildi.

Eslatib o'tamiz, milliy terma jamoamiz bugun Avstriya yig'inini yakunlab, yurtimizga qaytib keladi va 24 iyul kuni “Bunyodkor” stadionida Iroqqa qarshi maydonga tushadi. 

NAZORAT UCHRASHUVI

“UFA” (Rossiya, Ufa) – O'ZBEKISTON – 2:2 (1:2)

20 iyul. Avstriya. Mayrxofen

“Ufa”: SHeliya, Stockiy, Tumasyan (Nikitin, 70), Vasin, Safronidi (Suxov, 70), Oblyakov (Slay, 70), Bezdenejnix (Batyutin, 70), Vanek (Zaseev, 70), Marsino (Zubarev, 70), Krotov (Sisuev, 70), Diego.

O'zbekiston: Nesterov, Tojiev, Merzlyakov, SHorahmedov, Iskanderov, Sohibov, SHukurov, Andreev, Ahmedov, Karimov, SHomurodov.

Gollar: Marsino, 2 - 1:0. SHomurodov, 19 - 1:1. Iskanderov, 21 - 1:2. Marsino, 59 – 2:2.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing