17 dek 07:27
        Yangiliklar	
	
				
				    Futbol			    
				
				
			
				JCH-2022. Bugun uchinchi o'rin uchun bahs bo'lib o'tadi
Bugun, 17 dekabr kuni Qatardagi mundialning bronza medali sohibi aniqlanadi.
			3-o'rin uchun bahsda Xorvatiya TJ Marokash bilan to'qnash keladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da “Xalifa Milliy” stadionida boshlanadi. Uni qatarlik Abdurahmon Al Jassim boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Eslatib o'tamiz, xorvatlar 2-marotaba bronza medali uchun bahsda ishtirok etishadi. 1998 yil Xorvatiya 2:1 hisobida Niderlandiyani engib, 3-o'rinni qo'lga kiritgan. SHu bilan birga mazkur terma jamoa 2018 yil Rossiyadagi mundial finalida Franciyaga (4:2) imkoniyatni boy bergandi. Marokash esa sovrindorlar qatoridan joy olgan birinchi Afrika termasiga aylanishi mumkin.
            Havola            :         
                    Manba                : Championat.asia
            
			
Fikrlar