So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

23 may 14:12
Yangiliklar

Futbol

JCH-2022. O'zbekiston ikkinchi saralash bosqichidan boshlaydi

Teglar :  O'zbekistonJCH-2022
FIFA 2022 yil Qatarda o'tadigan mundialda avval taxmin qilinganidek 48ta emas 32ta terma jamoa ishtirok etishini rasman malum qildi.

Demak JCH-2022 saralash bahslari haqida qisqacha.
Qita: Osiyo (OFK)
Ishtirokchi mamlakatlar soni: 46ta.
JCH yullanmasi: 4+1.
Saralash bosqichi: 3ta OFKda va 1ta pley-off. OFKda 5-o'rinni qo'lga kiritgan jamoa qaysi mintaqa vakili bilan JCH yo'llanmasi uchun bahs olib borishi qura orqali aniqlanadi.

Birinchi bosqich: FIFA reytingida OFK ro'yxatida 35-46 o'rinlarda turgan jamoalar ichidan 8ta terma jamoa ikki o'yin natijasiga ko'ra tanlab olinadi. Juftliklar aniq:

Mo'g'uliston - Bruney
Makao - SHri-Lanka
Laos - Bangladesh
Malayziya - SHarqiy Timor
Kambodja - Pokiston
Butan - Guam

Saralash uyinlari 6 va 11 iyun kunlari malum buladi. OFK 8ta jamoani ajratib olganidan so'ng 2-raund uchun qura tashlash marosimini o'tkazadi. Qura 17 iyul kuni bo'lib o'tadi.

2-raundda 40ta terma jamoa 5tadan 8ta guruhga bo'linadilar. Bu ham FIFA reytingi asosida taqsimlanadi. O'zbekiston mazkur qura tashlash marosimida 2-savatchadan joy oladi.

Saralash bahslari Osiyo Kubogi-2023 yullanmasini hal qilishini inobatga olgan holda unda Qatar ham ishtirok etadi.

1-savatcha: Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni va Xitoy.

Qura tashlanguniga qadar Xitoy va Iroq terma jamoalari reytingda joy almashishlari mumkin. O'zbekistonda bunday imkoniyat saqlanib qolmagan. O'rtadagi tafovut 49 ball. Buning uchun MTJ ko'proq yutish imkoniyati mavjud terma jamoalar bilan o'rtoklik o'yinlarini o'tkazishi kerak edi. Guvohi bo'lganingizdek O'zbekistonning raqiblari orasida 2-bosqichni o'zidayoq juda kuchli terma jamoalar joy olishi mumkin.

8ta guruh g'oliblari va eng yaxshi 4ta ikkinchi o'rinni olgan terma jamoa 3-bosqichga yo'l oladi. U erda 6ta jamoadan iborat 2ta guruh tuziladi. Yakunda dastlabki 2-o'rinni qo'lga kiritgan terma JCHga yo'l olsa, ikki guruhda uchinchi o'rinni egallaganlar o'zaro bahs olib boradilar. G'olib Okeaniya, Janubiy Amerika yoki SHimoliy Amerika vakiliga qarshi maydonga chiqadi.

Ko'rib turganingizdek O'zbekiston terma jamoasining oldida juda uzoq va qiyin yo'l turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

   
23 may 20:11:44
Elyorbek
Qatar maydon egasiku saralashda qatnashmaydi, shu sababli osiyoga 3+1 kvota berilgan. Osiyodan togridan togri faqat 3 ta terma jamoa yol oladi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing