16 okt 06:09
Yangiliklar
Futbol

JCH-2022 saralash. Bahrayn Eronni taslim etdi, Qatar Ummondan ustun keldi
JCH-2022 Osiyo mintaqasidagi 2-saralash bosqichining 4-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuvlar yakunlandi.
Eron terma jamoasi safarda shov-shuvli tarzda Bahraynga yutqazib qo'ydi va buning natijasida "C" guruhida 3-o'ringa tushib ketdi. Eronni mag'lub etgan yagona gol 66-daqiqada Muhammad Al-Xardan tomonidan kiritildi.
JCH-2022 mezboni Qatar esa o'z maydonida Ummon terma jamoasini 2:1 hisobi bilan taslim etdi va "E" guruhida 10 ochko bilan yaqqol peshqadam bo'lib oldi.
Havola :
Fikrlar