So’nggi yangiliklar

16:5656 ёшли Рой Жонс фаолиятини якунламоқчи эмас 0 16:35Бектемир Мелиқўзиевнинг чемпионлик жанги бўйича музокара олиб борилмоқда 0 16:14Яхши хабар: Тошкентда PWL 11 турнири ўтказилади. Марказий баҳсда Разамбек Жамалов Олимпиада чемпионига қарши! 0 15:53Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди 0 15:32WBA рейтинги янгиланди: Исроил Мадримов кўтарилди, Ҳасанбой рейтингга қайтди, қолганларнинг ўрни қандай? 0 15:11Камилла Раҳимова 2026 йилги теннис мавсумини ғалаба билан бошлади 0 14:50"UFC жанги каби шов-шувли бўлди". Царукян Шара Буллет билан грэпплинг жанги ҳақида 0 14:29Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди 0 14:08Арман Царукян Ислам Махачев билан грэпплинг жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:47"Мен айнан шундай яшашни яхши кўраман". Мераб Двалишвили 2025 йил ҳақида гапирди 0 13:26Мария Тимофеева биринчи ракеткани мағлуб этди ва финалга чиқди 0 12:49Габон термаси тарқатиб юборилди 0 12:17"Жошуанинг яна рингга чиқиш истаги бўладими-йўқми, билмайман" - промоутер 0 11:53Нурсултон Рўзибоев Исраэль Адесаньяга қарши жанг ўтказиши мумкин 0 11:29"38 ёш — бокс учун кўп". Кроуфорд — фаолиятини якунлаш қарори ҳақида 0

01 iyu 13:26
Yangiliklar

Futbol

JCH-2022 saralashi. Osiyo qitasi. Uchinchi bosqichga qura tashlandi

Teglar :  FutbolJCH-2022
OFK shtab-kvartirasida JCH saralash uchinchi bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Afsuski, bu safargi marosimni biz shunchaki tomoshabin sifatida kuzatamiz. CHunki milliy terma jamoamiz jahon chempionati saralash o'yinlarining uchinchi bosqichiga o'ta olmadi. Guruhda Saudiya Arabistonidan keyin ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsak-da, bu biz uchun etarli bo'lmadi. SHu bois qurani ham, keyingi bosqich o'yinlarini ham muxlis sifatida kuzatamiz. 


"A" guruhi: Eron, Janubiy Koreya, BAA, Iroq, Suriya, Livan.

"B" guruhi: Yaponiya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Ummon, Vetnam. 



Format qanday bo'ladi? 

Garchi uchinchi bosqich formati qanday o'tishini ko'pchilik bilsa-da, shunga qaramay eslatib o'tmoqchimiz. JCH-2022 saralash bosqichining uchinchi raundida jami 12 jamoa ishtirok etadi.

Jamoalar 6tadan ikki guruhga bo'linadi. Qatar terma jamoasi mundial mezboni sabab uchinchi raundda ishtirok etmaydi. Uchinchi bosqichda o'yinlar uy-mehmon tarzida o'tkaziladi.

Har ikki guruhdan birinchi-ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar to'g'ridan to'g'ri jahon chempionatiga yo'l olishadi. Uchinchi o'rinni egallaganlar esa o'zaro o'yinda ishtirok etib, bunda g'olib jamoa qitalararo pley-off bahslari musobaqasiga yo'l oladi.


O'yinlar qachon boshlanadi? 

JCH saralash uchinchi bosqich uchrashuvlariga shu yilning 2 sentyabrida start berilib, kelasi yilning 29 mart kuni oxirgi tur uchrashuvi o'tkaziladi. 

1-tur. 2 sentyabr

2-tur. 7 sentyabr

3-tur. 7 oktyabr

4-tur. 12 oktyabr

5-tur. 11 noyabr

6-tur. 16 noyabr

7-tur. 27 yanvar

8-tur. 1 fevral

9-tur. 24 mart

10-tur. 29 mart

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing