27 iyu 13:43
Yangiliklar

JCH-2022 saralashi. O'zbekiston raqiblarini Malayziyada bilib oladi
Marosim Kuala-Lumpur shahridagi OFK shtab-kvartirasida o'tkaziladi. Unda Osiyo qitasining 40ta terma jamoasi jami 8ta guruhga ajratiladi.
Qura jarayonida jamoalar beshta savatchaga ajratiladi. Savatchalar iyun oyidagi FIFA reytingiga qarab ajratilgan. O'zbekiston terma jamoasi qurada ikkinchi savatchadan joy oladi.
1-savatcha: Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Xitoy
2-savatcha: Iroq, O'zbekiston, Suriya, Livan, Ummon, Qirg'iziston, Vetnam, Iordaniya
3-savatcha: Falastin, Hindiston, Bahrayn, Tailand, Tojikiston, KXDR, Xitoy Taypei, Filippin
4-savatcha: Turkmaniston, Myanma, Gonkong, Yaman, Afg'oniston, Maldiv orollari, Kuvayt, Malayziya
5-savatcha: Indoneziya, Singapur, Nepal, Bangladesh, Mo'g'uliston, Guam, Kambodja, SHri-Lanka yoki Makao.
Fikrlar