11 sen 05:51
Yangiliklar
Futbol
JCH-2022 saralashi. Yaman Saudiya Arabistonidan ochko tortib oldi. Singapur bir, O'zbekiston oxirgi o'rinda!
JCH-2022 saralash bosqichi doirasidagi Yaman va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv kutilmagan natija bilan yakunlandi.
Uchrashuvda guruhimiz favoriti sifatida etirof etilgan Saudiya Arabistoni terma jamoasi ochko yo'qotdi. Yaman kuchli raqib bilan uchrashuvda 2:2 hisobidagi jangovor durangga imzo chekdi. O'zbekiston joylashgan guruhda kutilmaganda Singapur terma jamoasi peshqadamga aylanib oldi.
Ushbu turda Singapur terma jamoasi bizni yutgan Falastin ustidan zafar quchdi - 2:1. Ektor Kuper boshchiligida O'zbekiston terma jamoasi esa ushbu turda dam oldi.
Navbatdagi tur bahslari 10-oktyabrda o'tkaziladi. SHu kuni, O'zbekiston o'z uyida Yamanni qabul qilsa, saudiyaliklar esa Singapurga qarshi to'qnash kelishadi.
Havola :
Fikrlar