06 sen 23:19
Yangiliklar
Boks/MMA

JCH-2025. Sitora Turdibekova ajoyib g'alabaga erishdi
Britaniyaning Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqaning ayollar o'rtasidagi bahslarida -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sitora Turdibekova ilk bosqichda Ukraina vakilasi Tetiana Dovxalga qarshi ringga ko'tarildi va 4:1 hisobida g'alabaga erishdi.
Sitora birinchi raundni boy berib, qolgan ikki raundda g'alabani o'z tomoniga og'dirib keta olgani etiborga molikdir. U raqibasini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar