So’nggi yangiliklar

12:48Мағлубиятсиз қозоғистонлик спортчи Дана Уайтнинг даъвогарлар сериясида жанг қилади 0 12:27Йога 2036 йилги Олимпия ўйинлари дастурига киритиладими? 0 12:06Хотамбек Бойназаровнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди. Рақиб собиқ чемпион + ФОТО 0 11:45Ўйиндан пенальти уролмаган Роналду кечаги қийин ғалабада ҳақидаги фикрларини билдирди 0 11:24Энтони Жошуа - Даниэль Дюбуа бокс оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг + ПОСТЕР 0 11:03Эдди Хирн: "Кроуфорднинг жамоаси Исроилга паст баҳо беряпти, лекин..." 0 10:51Ўзбекистон делегацияси Париж-2024 Олимпия ўйинларида қайси бренд либосидан фойдаланиши расман маълум 0 10:42Паралимпия ўйинларининг қанча чиптаси сотилди? 0 10:37Бош вазир Абдулла Арипов Париж-2024 Олимпиадаси ғолиб ва совриндорлари учун бериладиган мукофот пулларини эълон қилди 0 10:21Copa America. Уругвай 100 фоизлик натижа кўрсатди, мезбонлар учун мусобақа якунланди 0 10:16Париж-2024 Олимпиадасидаги байроқдорларимиз маълум! 0 10:00Шавкат Раҳмонов қачон октагонга қайтишини айтди 0 09:39Самбочиларимиз Осиё-Океания чемпионатида 19 та медаль қўлга киритишди 0 09:18Дана Уайт: "Уни ўлдириб қўйишса керак, деб ўйлагандим" 0 08:57Евро-2024. Кечаги учрашувларда кимлар "man of the match" соҳибига айланди? 0

11 dek 20:51
Yangiliklar

Futbol

JCH ishtirokchilari soni 48 taga etkazilishi mumkin. Bu yaxshimi yoki...?

FIFA prezidenti Janni Infantino jahon chempionatida ishtirok etuvchi terma jamoalar soni 32 tadan 48 taga etkazish g'oyasini ilgari surmoqda.

Ushbu g'oya 10 yil ichida (katta ehtimol bilan 2026 yilda SHimoliy Amerikada bo'lib o'tadigan Mundialda) amalda qo'llanilishi mumkin. 

Infantino bu borada dunyo futboli amaldorlari bilan suhbatlar ham o'tkazdi. Yangi prezident bu g'oya barchaga yoqqaniga ishonmoqda: "Barcha jamoalar sonini ko'payishini istaydi. Kimgadir 40 ta, kimgadir esa 48 ta terma jamoa ishtirok etadigan musobaqa maqul kelmoqda".

Infantino - ancha vaqtdan beri terma jamoalar sonini ko'paytirish istagida yurgandi. Bir yil oldin saylovoldi dasturida ham JCHda 40 ta terma jamoani ko'rish istagi borligini malum qilib o'tgandi. Ammo, u hozircha turnirni o'tkazish tizimi, taqvim va boshqa rejalari bilan o'rtoqlashgani yo'q. Bu esa UEFAga, aniqrog'i Evropa futbol associaciyasining yangi prezidentiga ham yoqmayapti: "Xar kuni turli variantlar haqida o'qiyman. Ushbu loyiha qanchalik haqiqatga yaqin ekanligini esa bilmayman. Xar holda, FIFA ushbu istagini faqat gazeta va intervyular orqali malum qilib kelmoqda, rasmiy bayonot orqali emas", - deydi Aleksander CHeferin.


Bu nimaga kerak?

Infantinoning ishonchi komil, bu loyiha futbolni ommaviylashtirishga katta yordam beradi. Aynan shu sabab, u Platini bilan birgalikda Evropa chempionati ishtirokchilarini ham 24 taga ko'paytirdi. 

"Terma jamoalar sonini 48 taga etkazish orqali, biz hozirgidek 64 ta emas, 80 ta o'yin tomosha qilishimiz mumkin. Evro-2016da biz yangi terma jamoalar qanday jasorat ko'rsata olishlari guvohiga aylandik. Biz bir narsani tushunib olishimiz kerak, bunday turnirlar - shunchaki musobaqa emas, bu butun dunyo uchun katta ijtimoiy voqelik bo'ladi" - deydi Janni Infantino.


Bu qanday bo'lishi mumkin?

Eng maqul variant - 3 ta terma jamoadan 16 ta guruh. Ikkita tur yakunlariga ko'ra, birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan terma jamoalar pley-offda - 1/16 finalda kuch sinashadilar.

Ammo, ushbu formatda ortiqcha tushunmovchiliklar, muammolar kelib chiqishi mumkin. (ochkolar, gollar va to'plar nisbati teng bo'lib qolgan taqdirda). Tayms gazetasining malum qilishicha, amaldorlar buni oldini olish maqsadida duranglar uchun penaltilar seriyasini tatbiq etishni o'ylab qo'yganlar. Futbol lotoreyasidagi g'alaba esa huddi xokkeydagidek qo'shimcha ochkolar olib keladi.

FIFA prezidenti biroz avval 48 ta terma jamoa uchun quyidagicha variant taklif etdi: 16 ta terma jamoa avtomatik ravishda guruh bosqichidan musobaqaga qo'shiladi. Qolgan 32 terma jamoa esa musobaqaning guruh bosqichiga bir hafta qolganida o'tish o'yinlarida ishtirok etadilar. Umuman olganda yomon variant emas, avvaliga JCHga 48 ta terma jamoa ishtirok etish uchun boradi. Keyinroq esa eskicha tizim - 32 ta terma jamoa bilan musobaqaning asosiy qismi davom ettiriladi.

Mabodo, FIFA Mundialni 40 ta terma jamoa bilan o'tkazishni istasa, 5 ta terma jamoasi bor 8 ta guruh yoki 4 ta terma jamoadan 10 ta guruh variantlari ham bor. 


Bu eski g'oyami?

Yo'q. Avval, FIFAda ushbu g'oya haqida o'ylab ham ko'rishmagan. Yozef Blatter doimo terma jamoalar sonini oshirish musobaqa sifatini pasayishiga olib keladi deb hisoblagan. Uning taklif qilgan yagona g'oyasi - Evropaning bir necha o'rnini Osiyo va Afrikaga taqdim etish edi. 


"32 ta terma jamoali tizim sayyoramizdagi eng yaxshisi. Bu isbotlangan", - deydi Blatter.

Blatterning prezidentlik kursiga ko'z olaytirgan Mishel Platini esa uch yil oldin JCH ishtirokchilari sonini 40 taga etkazish taklifini bergandi. 8 ta yangi terma jamoani o'rnini esa u quyidagicha taqsimlagan: 2 - Afrika, 2 - Osiyo, 2 - SHimoliy va Markaziy Amerika, 1 - Okeaniya, 1 - Evropa.


G'oyani qo'llab-quvvatlashyaptimi?

Bu g'oyani ko'pchilikka maqul kelyapti deya olmaymiz. Masalan, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov shunday deydi: "Kichik terma jamoalarni mana shunday katta musobaqaga jalb etish rejasini tushundim. Ammo, sifat haqida ham o'ylash kerak. Agar terma jamoalar sonini oshirsak, jahon chempionati saviyasi ham tushib ketishi mumkin".

Arsen Venger: "Bu ommaviylik uchun qilinyapti? Futbolni darajasini ko'tarish uchunmi? Agar kimdir menga buni aniq va tiniq qilib tushuntirishga tayyor bo'lsa, uni eshitishga tayyorman. Hozircha esa, bunga ishonolmayapman. Menimcha, bu g'oya yordam bermaydi".


Bu borada qachon qaror qabul qilinadi?

Katta ehtimol bilan, ushbu g'oya borasida qaror 2017 yilning yanvar oyidayoq qabul qilinishi mumkin.


Buni terma jamoamizga foydasi bo'lishi mumkinmi?

SHu joyida to'xtadik! Izoh sizdan...

Reyting: +2   

Fikrlar

   
12 dek 05:34:21
Aziz
imran21 foydalanuvchining fikriga javob berish
Man 48 ta degan g'oyani bir narsasiga tuwunmadim ya'ni 16 terma jamoa tog'ridan-to'g'ri yo'l oladi qolgan 32 terma jamoa musobaqaga 1 hafta qolganda o'tiw o'yinlaruda iwtirok etadi. Adminlar agar iloji busa mana wu joyini tuwuntirib bersangiz
32 та терма жамоа 16 та жуфтлик ҳосил қилган ҳолда ўйнашади. Ўша ўтиш ўйинлари ғолиблари қолган 16 та жамоага қўшилишади ва 32 та жамоа тайёр бўлади
   
12 dek 00:20:26
imran21
Miwel Flatini aytgan g'oya ya'ni 40 ta terma jamoa variantiga keladigan bulsam bu fikr yoqdi.
Ya'ni bunda Osiyoga 2 ta qo'wimcha yo'llanma ya'ni yo'llanmalar soni 6.5 taga yetadi va bu terma jamoamizga foydali. TERMA JAMOAMIZ JAHON CHEMPIONATIGA CHIQIW UCHUN YAXWI IMKONIYATGA EGA BULADI VA BUNDAN TAWQARI JAHON CHEMPIONATIGA CHIQSAK TAJRIBA OWADI VA BU FUTBOLIMIZ RIVOJLANIWIGA IJOBIY TA'SIR QILADI. WUNDA HAR BIR BOLA FUTBOLCHI BULIWNI JAHON CHEMPIONATIGA BORIB O'WA DAVRNI MAWXUR FUTBOLCHILARI ( HOZIRGI DAVRNING RONALDU VA MESSILARI) BILAN BIR MAYDONDA TO'P SURIW UCHUN HAM HARAKAT QILIWADI.
   
12 dek 00:13:54
imran21
Man 48 ta degan g'oyani bir narsasiga tuwunmadim ya'ni 16 terma jamoa tog'ridan-to'g'ri yo'l oladi qolgan 32 terma jamoa musobaqaga 1 hafta qolganda o'tiw o'yinlaruda iwtirok etadi.
Adminlar agar iloji busa mana wu joyini tuwuntirib bersangiz
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing