10 mar 09:25
Yangiliklar

JCH saralashidagi raqib – Qatar termasi Ozarbayjonga mag'lub bo'ldi
Qatar JCH–2018 saralash bosqichi ikkinchi davrasini 23 mart kuni o'z maydonida Eronga qarshi o'yin bilan boshlaydi. 28 mart kuni esa Xorxe Fossati shogirdlari Toshkentda O'zbekiston terma jamoasi bilan o'zaro bahs olib boradi.
Malumot uchun, JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin O'zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Qatar termasi 5 ochko bilan 5-pog'onani band qilib turibdi.
O'rtoqlik o'yini. Doha, Qatar
Qatar – Ozarbayjon 1:2
Gollar: Rodrigo Tabata (55) – Tarlan Guliev (52), Araz Abdulaev (62)
Qatar: Saad Al-SHib, Abubakr Essa, Rodrigo Tabata, Hassan Al-Haydos, Akram Afif, Ibrohim Majid, Ahmad Al-Said, Pedro Migel, Bualem Huki, Luis Kayera, Sebastyan Soria.
Ozarbayjon: Salahat Agaev, Qara Qaraev, Magomed Mirzabekov, Namig Alasgarov (Rauf Aliev, 46), Ruslan Gurbanov (Tarlan Guliev, 46), Farhod Sodiqov (Araz Abdullaev, 46), Javid Huseynov (Elvin Mammadov, 83), Agabala Ramazanov (Urfan Abbasov, 71), Rahid Amirquliev, Tellur Mutallimov.
Fikrlar