So’nggi yangiliklar

16:39АПЛ клуби Нойерни нишонга олди 0 16:18Энтони Жошуа Фьюри билан эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 15:57Мераб Двалишвили йил охиригача иккита жанг ўтказади 0 15:36Тайсон Фьюри 2023 йилдан кейинги илк ғалабасини қўлга киритди 0 15:15Аёл мутахассис Бундеслига клубига бош мураббий бўлди 0 14:54Оқ уйдаги UFC турнири кардига Дональд Трамп ташаббуси билан яна бир жанг қўшилди 0 14:33Султонов рейтингда ўзидан 224 поғона юқоридаги рақибни таслим этди 0 14:12Жалоловда кумуш, Поёновда бронза, Жамалов эса медалсиз қолди 0 13:51Артета "Борнмут"дан қабул қилинган мағлубиятдан кейин "Арсенал" мухлисларига мурожаат қилди 0 13:30Арман Царукян икки потенциал рақибини эълон қилди 0 13:09Олимпия ўйинлари совриндори ва жаҳон чемпионларимиз талабалар билан учрашди 0 12:48Энтони Жошуа Фьюри ҳақида: "У кетади ва қайтади, мен эса барқарорман" 0 12:27Ламин Ямаль Испания чемпионати рекордини ўрнатди 0 12:06Ислам Махачев Италияда ўғирлик қурбони бўлганини айтди 0 11:45Арсланбек Махмудов Фьюрига қарши мағлубиятга изоҳ берди 0

02 apr 11:56
Yangiliklar

Futbol

JCH tarixida ilk bor o'zbekistonlik mutaxassis komissar sifatida ishlaydi

SHu yilning 14 iyun kuni Rossiya federaciyasida Jahon chempionati bahslariga start beriladi.

Avvalroq, FIFA tashkiloti mazkur mundialda ishlaydigan hakamlar ro'yxatini elon qilgan bo'lib, bu ro'yxatda hamyurtlarimiz Ravshan Ermatov va uning yordamchilari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar borligi haqida avval xabar berib o'tgandik.

FIFA tashkilotidan yana bir xushxabar keldi: Jahon chempionatlari tarixida birinchi marta o'zbekistonlik mutaxassis mundial o'yinlarida komissar sifatida ishlaydi.

MOQ Prezidenti va O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan yaqin aloqalar o'rnatgan holda, O'zbekistonda futbolni rivojlantirish borasida hamkorlik bo'yicha kelishuvga erishgani o'z samarasini bermoqda. SHu hamkorlik natijasida FIFA tashkiloti o'zbekistonlik mutaxassislarga Xalqaro musobaqalarda ishlash uchun imkoniyat taqdim etyapti.

O'zbekiston futbol associaciyasi Xalqaro boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari sifatida faoliyat yuritayotgan Olim Arifov JCH-2018 musobaqasiga komissar sifatida rasman taklif qilingan.

Qayd etish kerakki, shu paytga qadar nafaqat O'zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan birorta mutaxassis JCHda komissar sifatida ishlamagan. Olim Arifov bu borada birinchi bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing