22 iyu 11:35
Yangiliklar
Futbol
JCHda yoshlarimiz darvozasiga gol kiritgan futbolchi “Gamburg”ga o'tdi
“Barselona” klubi sobiq yarim himoyachisi Alen Xalilovich faoliyatini Germaniyaning “Gamburg” jamoasida davom ettiradigan bo'ldi.
Xorvatiya terma jamoasining 20 yoshli futbolchisi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi va yangi klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Xalilovich uchun “Gamburg” 5 mln evro to'laydi. Lekin futbolchini yaqin ikki yil ichida qayta xarid qilish huquqi “Barselona” klubining o'zida qoladi.
Kelishuvga ko'ra, kataloniyaliklar bir yildan so'ng Alenni 10, ikki yildan keyin esa 12,5 mln evroga qayta sotib olishlari mumkin. O'tgan mavsumda Xalilovich Xixonning “Sporting” klubida ijara asosida o'ynab, 36ta uchrashuvda 3ta gol kiritgan hamda 5ta golga hammuaaliflik qilgandi.
Eslatib o'tamiz, aynan Alen Xalilovich 2013 yili Turkiyada o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz darvozasini ishg'ol qilgandi.
Havola :
Fikrlar