06 noy 15:42
Yangiliklar
Tennis

Jek Sok Agassidan so'ng Parijda g'olib bo'lgan ilk AQSHlik tennischi bo'ldi
Amerikalik tennischi Jek Sok kecha Parijdagi "Masters"da Filip Krayinovichni mag'lubiyatga uchratib, turnir g'olibiga aylandi.
SHu tariqa, Jek 1999 yildan so'ng aynan ushbu turnirda g'olib chiqqan ilk amerikalik tennischiga aylandi. O'sha yilda Andre Agassi "Parij Masters" turniri bosh mukofotini qo'lga kiritgandi. Undan tashqari, so'nggi marotaba amerikaliklardan Endi Roddik "Masters"da 2010 yilda g'olib chiqqan.
Undan tashqari, Jek Sok Londonda bo'lib o'tadigan yilning yakuniy turniriga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar