22 okt 12:27
Yangiliklar
Futbol
Jennaro Gattuzo: “Inter” “Milan”dan ko'ra g'alabaga haqli edi
Italiyaning "Milan" klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo kechagi Milan derbidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Kechagi o'yinning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan uchinchi daqiqada Mauro Ikardi "Inter"ga uch ochkoni taqdim etgan yagona golga mualliflik qilgandi.
“Inter” bizga qaragandan g'alabaga haqli o'ynadi. Agar o'yinda 0:0 hisob qayd etilganida, bu biz uchun ijobiy yakun desa bo'lardi. Bugun o'zimiz o'ynashni istamaydigan jismoniy futbol o'ynadik. Ammo yomon chiqmadi. Uzatmalarda yaxshi o'yin ko'rsatib, qarshi hujumga qochib ketishimiz mumkin edi.
Mavsumning birorta o'yinida biz bugungidek, 90 daqiqa himoyada yaxshi harakat qilmagandik.Har qanday holatda ham “Inter” g'alabaga ko'proq haqli edi. Donarummaning xatosi? Men aybni bitta insonga yuklashni hech qachon istamayman”, - dedi Gattuzo.
Havola :
Fikrlar