So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

04 jan 14:52
Yangiliklar

Futbol

Jeparov, Kagava va Osiyo Kubogini o'tkazib yuboradigan boshqa yulduzlar

Xabaringiz bor, ertaga BAA mezbonlik qiladigan Osiyo Kubogi boshlanadi.

Ushbu turnirda bir qator osiyolik yulduzlar turli sabablarga ko'ra ishtirok eta olishmaydi.

1. SHinji Kagava
Terma jamoasi: Yaponiya
Poziciyasi: yarim himoyachi
Yoshi: 29
Klubi: "Borussiya D" (Germaniya)
Terma jamoada: 95 ta o'yin, 31ta gol

Nega qatnashmaydi?
Kagava "Borussiya Dortmund" safida etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani sabab, Yaponiya terma jamoasining yakuniy ro'yxatidan tushib qoldi.


2. Aaron Muy
Terma jamoasi: Avstraliya
Poziciyasi: hujumchi
Yoshi: 28
Klubi: "Xaddersfild" (Angliya)
Terma jamoada: 39ta o'yin, 5ta gol

Nega qatnashmaydi?
Aaron Muy 8 dekabr kuni "Arsenal"ga qarshi APL o'yinida o'ng tizzasidan olgan jarohati tufayli Osiyo Kubogini o'tkazib yuboradi.


3. SHinji Okazaki
Terma jamoasi: Yaponiya
Poziciyasi: hujumchi
Yoshi: 32
Klubi: "Lester" (Angliya)
Terma jamoada: 116ta o'yin, 50ta gol

Nega qatnashmaydi?
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xajime Moriyasu Okazakini "Lester" zaxira o'rindig'ida qolib ketayotgani uchun tarkibga kiritmadi.


4. Takashi Inui
Terma jamoasi: Yaponiya
Poziciyasi: yarim himoyachi
Yoshi: 30
Klubi: "Betis" (Ispaniya)
Terma jamoada: 31ta o'yin, 6ta gol

Nega qatnashmaydi?
Takashi Ispaniya LaLigasda muvaffaqiyatli to'p surayotgan bo'lsa-da, Yaponiya bosh murabbiyi mazkur yarim himoyachining xizmatiga muhtojlik sezmadi.  


5. Server Jeparov
Terma jamoasi: O'zbekiston
Poziciyasi: yarim himoyachi
Yoshi: 36
Klubi: "Metallurg"
Terma jamoada: 126ta o'yin, 25ta gol

Nega qatnashmaydi?
Ektor Kuper bosh murabbiyga aylangach, Osiyoning ikki karra tengsiz futbolchisi O'zbekiston milliy terma jamoasidan chaqiruv olmay qo'ydi.


6. Vitaliy Denisov
Terma jamoasi: O'zbekiston

Poziciyasi: himoyachi
Yoshi: 31
Klubi: "Krilya Sovetov" (Rossiya)
Terma jamoada: 73ta o'yin, 1ta gol

Nega qatnashmaydi?
Jarohatlar girdobidan chiqib  keta olmayotgan himoyachi terma jamoada o'z o'rnini yo'qotib qo'ydi va natijada Ektor Kuper etiboridan chetda qoldi.


7. Sebastian Soriya
Terma jamoasi: Qatar
Poziciyasi: hujumchi
Yoshi: 35
Klubi: "Al-Rayan" (Qatar)
Terma jamoada: 123ta o'yin, 40ta gol

Nega qatnashmaydi?
Qatarliklarning bir necha yillik etakchisi ayni damda "Al-Rayan" safida o'zini ko'rsatayotgan bo'lsa-da, yoshartirilgan Qatar termasidan taklif ololmayapti.


8. Nil Eterij  
Terma jamoasi: Filippin
Poziciyasi: darvozabon
Yoshi: 28
Klubi: "Kardiff" (Angliya)
Terma jamoada: 58ta o'yin

Nega qatnashmaydi?
"Kardiff" 2019 yilning 5 yanvar — Kubok bahsida "Gillingem", 12 yanvar — "Xaddersfild" va 19 yanvar kuni "Nyukasl"ga qarshi o'yin o'tkazadi. "Kardiff" uni faqat bitta o'yinga qo'yib yuborishga tayyor edi. Biroq, Filippin bosh murabbiyi Sven Yoran Eriksen esa bunga rozi bo'lmadi va darvozabonni yakuniy ro'yxatga qo'shmadi. Malumot uchun, ayni paytga kelib Nil Eterij APLning joriy mavsumida eng ko'p seyv amalga oshirgan ikkinchi darvozabon bo'lib turibdi (79ta seyv). Undan oldinda faqat Lukash Fabianski bor (80ta seyv).


9. Nam Tay Xi
Terma jamoasi: Janubiy Koreya
Poziciyasi: yarim himoyachi
Yoshi: 27
Klubi: "Al-Duxayl" (Qatar)
Terma jamoada: 55ta o'yin, 6ta gol

Nega qatnashmaydi?
Tajribali futbolchi Nam Tae Xi 2018 yil 20 noyabr kuni O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik o'yinida tizzasidan jarohat olib, 6 oyga safdan chiqqan edi.


10. Ali Al-Xabsi
Terma jamoasi: Ummon
Poziciyasi: darvozabon
Yoshi: 37
Klubi: "Al-Xilol" (Saudiya Arabistoni)
Terma jamoada: 120ta o'yin
Nega qatnashmaydi?
Jarohati sabab musobaqada ishtirok eta olmaydi. Tajribali kiper 2006-2017 yillarda Angliya klublarida to'p tepgan ("Bolton", "Uigan", "Brayton", "Riding").

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing