27 mar 16:29
Yangiliklar
Boks/MMA

"Jeyk Pol bilan jang Joshua uchun oson ish bo'lardi" - Xirn
Promouter Eddi Xirn o'z mijozi, sobiq jahon chempioni Entoni Joshua hamda mashhur amerikalik bloger Jeyk Pol o'rtasida o'tkazilishi mumkin bo'lgan ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi.
"Agar Joshua katta gonorar evaziga Jeyk Pol bilan jang qilish taklifini olsa, rozi bo'ladimi? Ha. Bu uning uchun oson kechadigan tungi ish bo'lar edi. Lekin ochig'ini aytsam, men bunday janglarni yoqtirmayman. Bu mutlaqo g'alati to'qnashuv. Jeyk faqat pul va odamlar etibori uchun harakat qiladi. SHu sababdan ham u shunday ahmoqona qarorlarga qodir.
Umuman olganda, bu jangga boks komissiyasi ruxsat beradi, deb o'ylamayman. Lekin boshqa tarafdan, biz yaqinda Jeyk va 60 yoshli Tayson o'rtasidagi jangni ham ko'rdik. Bu kulishga arziydi. Jeyk birinchi og'ir vazn toifasida chiqadi, to'g'rimi? U jahon darajasidagi bokschi emas. SHuning uchun, bu jang g'oyasi menga mutlaqo yoqmadi", — dedi Xirn.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar