22 mar 17:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Jeyk Pol: "Men ko'pchilik bokschilarni mag'lub eta olaman, lekin u meni yo'q qilib tashlaydi"
Bloger Jeyk Pol o'zini mag'lub eta oladigan bokschi haqida gapirdi.
"Entoni Joshua, Saul Alvares... Men juda ko'p bokschilarni mag'lub eta olaman, lekin Benavidesni emas. U meni yo'q qilib tashlagan bo'lardi.
Bu yigit mutlaqo boshqa darajada. Men esa o'z imkoniyatlarim qanchalik ekanligini yaxshi bilaman", - dedi bloger va bokschi Jeyk Pol.
Polning hisobida 12 ta professional jang bor. U oxirgi marta 2024 yil noyabrida Mayk Taysonga qarshi jang qilib, hakamlar qaroriga ko'ra g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar