07 dek 07:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Jeyk Pol - Tommi Fyuri jangi bekor qilindi
Taniqli bloger Jeyk Pol hamda britaniyalik bokschi Tommi Fyuri o'rtasidagi jangi o'tkazilmaydi.
Xabarda aytilishicha, jangning bekor bo'lishiga Fyuri sababchi. Ayni paytda tashkilotchilari Polga yangi raqib izlashyapti. Nomzodlar orasida yarim o'rta vaznda sobiq UFC chempioni, 39 yoshli Tayron Vudli ham bor. Jeyk shu yilning avgust oyida Vudlini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi.
Eslatib o'tamiz, Jeyk Pol - Tommi Fyuri jangi 18 dekabr kuni AQSHning Florida shtati Tampa shahrida o'tkazilishi kerak edi.
Havola :
Fikrlar