07 iyu 07:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Jeyk Pol - Tommi Fyuri yana bekor qilindi
Britaniyalik bokschi Tommi Fyuri hamda taniqli bloger Jeyk Pol o'rtasidagi jang rasman o'tkazilmaydigan bo'ldi.
Bunga Fyurining viza bilan bog'liq muammosi sabab sifatida ko'rsatilmoqda. Ushbu jang 6 avgust kuni Nyu-Yorkdagi "Medison Skver Garden" arenasida o'tkazilishi kerak edi.
Ushbu kardda britaniyalikning o'rnini kichik Xasim Rahmon egallaydi. U superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Xasim Rahmonning o'g'li hisoblanadi. Hisobida prof ringda 12 g'alaba va 1 mag'lubiyat bor.
Etiborga molik jihati shundaki, amerikalik 31 yoshli Rahmon Jeyk Pol bilan birga mashg'ulot o'tkazgan va aynan u yutuberni basketbolchi Neyt Robinsonga qarshi jangiga tayyorlagan. 25 yoshli Jeyk Pol professional boksda o'tkazgan 5 ta jangining barchasida raqiblarini nokautga uchratgan.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar