23 mar 12:09
Yangiliklar
Futbol

Jiru qachon terma jamoadan ketishi malum bo'ldi
"CHelsi" va Franciya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru Moldaviyaga qarshi Evro-2020 saralash o'yinidan so'ng milliy jamoadan qachon ketishi haqida gapirdi.
"Evro-2020 men uchun Franciya terma jamoasi safidagi so'nggi turnir bo'ladi. Milliy jamoaning asosiy hujumchisi Kilian Mbappe bo'ladi" - dedi Jiru.
Moldaviya hamda Franciya o'rtasidagi uchrashuv 4:1 hisobida mehmonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.
Franciyaliklarning navbatdagi uchrashuvi 25 mart kuni Islandiyaga qarshi bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar