So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

30 noy 18:04
Yangiliklar

Boshqalar

Jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi seminar tashkil qildi + FOTO

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi hamda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi 2017 yilning 30 noyabr - 1 dekabr kunlari Toshkentda “Jismoniy tarbiya va sport sohasida olib borilayotgan islohotlarda sport talim muassasalarining roli” mavzusida uslubiy-amaliy seminar o'tkazishdi.
Anjumanda mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan Bolalar-o'smirlar sport maktablari, Oliy sport mahorati maktablari, Ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari va olimpiya zaxiralari kollejlari direktorlari hamda Jismoniy tarbiya va sport hududiy boshqarma boshliqlari, sport faxriylari, olimlar va etakchi mutaxassislar ishtirok etishdi.

Anjumanni kirish so'zi bilan ochgan Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi R.Kurbanov muhtaram prezidentimiz SH.M.Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan hujjatlar va bajarilishi zarur bo'lgan ishlar haqida so'zladi.

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari I.Djuraevning maruzasi Jismoniy tarbiya va sport sohasida olib borilayotgan islohotlarda sport talim muassasalarining roli hamda selekciya ishlariga bag'ishlandi.

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi hamda Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari F.Turdiev anjuman ishtirokchilari etiborini Respublikada sport sohasini tashkil etish va rivojlantirishning namunaviy modeli hamda uyushmagan yoshlarni sportga jalb etish muammolari, bu borada bajarilishi ko'zda tutilgan ustuvor vazifalarga qaratdi.

Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi direktori SH.Sultanov “Sport pasporti”ni joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida so'zladi.
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi bo'lim boshlig'i A.Xojimetov ning maruzasi sportchilarning tibbiy xulosalariga ko'ra surunkali kasalliklarni aniqlash, uning oldini olish va davolash yo'llari mavzusini ochib berdi.

Seminar qatnashchilari Toshkent shahrida joylashgan bir qator sport majmualariga tashrif buyurishdi. Jumladan, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, “Olimpiya shon-shuhrati” muzeyi, “Bunyodkor” stadioni, O'zbekiston taekvondo markazi, yaqinda foydalanishga topshirilgan Engil atletika markazida yaratilgan shart-sharoitlar bilan bevosita tanishib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi matbuot xizmati

Suratlar: Aziz To'xtamurodov



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing