So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

21 may 23:12
Yangiliklar

Boshqalar

Jismoniy tarbiya va sport vaziri Andijon viloyatida bo'ldi

Teglar :  SHoakram Isroilov
18-20 may kunlari Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilov Andijon viloyatida xizmat safarida bo'ldi.

Dastlab 18 may kuni vazir Qilichbozlik sport majmuasi faoliyati bilan tanishdi hamda faoliyat olib borayotgan rahbar va murabbiy xodimlar bilan muloqotda bo'lib, ularning ishini yaxshilash bo'yicha tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berdi.SHuningdek, Andijon shahrida yangidan barpo etilayotgan “Universal sport majmuasi”da olib borilayotgan qurilish-tiklash ishlarining borishi bilan tanishgan vazir qurilish jarayonida  sport majmuasi uchun ishlab chiqilgan koncepciyaga to'liq rioya qilinishi yuzasidan bosh pudratchi tashkilot rahbarlari bilan suhbatlashdi.

19 may kuni SHoakrom Isroilov Andijon Olimpiya zaxiralari kolleji faoliyati bilan tanishdi. Jumladan, muassasada sport mashg'ulotlarlarini to'g'ri tashkil etish, o'quvchilarning to'g'ri ovqatlantirilishi yuzasidan olib borilayotgan ishlarga alohida etibor qaratdi.
SHu kuni Ulug'nor tumanida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev raisligida Andijon viloyati faollari bilan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida ishtirok etdi.
20 may kuni davlatimiz rahbari raisligida o'tkazilgan yig'ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taminlash maqsadida vazir Bo'z tumanida bo'lib, bolalar va o'smirlar sport maktabi faoliyati bilan tanishdi hamda sport muassasasi faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan masul xodimlarga tegishli ko'rsatmalar berdi.

SHuningdek, xizmat safari davomida viloyatdagi bolalar va o'smirlar sport maktablari raxbarlarining talab va takliflaridan kelib chiqib, sport muassasalarini sport anjomlari bilan taminlash bo'yicha takliflar ishlab chiqildi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing