So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

02 dek 17:22
Yangiliklar

Boshqalar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi logotipini yaratish bo'yicha tanlov o'tkaziladi

Teglar :  LogotipVazirlik
Prezidentning “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni hamda “O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish to'g'risida”gi qaroriga muvofiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligining logotipini yaratish bo'yicha tanlov elon qilinadi.

Tanlov bir bosqichda o'tkazilib, unda yuridik shaxslar bilan bir qatorda jismoniy shaxslar ham ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda hakamlar hayati azolari ishtirok etishmaydi.

Tanlovga loyihalar quyidagi shaklda taqdim etiladi:

har bir ishtirokchi tanlovda cheklanmagan miqdorda loyihalar taqdim qilishi mumkin;

logotip loyihasi formati -10 Mb gacha, ikki ko'rinishda – JPG va PSD formatida elektron variantda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga yuboriladi.

Tanlov loyihalari quyidagi manzilda qabul qilinadi:

100017, Toshkentda shahri, Abdulla Qodiriy ko'chasi 2-uy;

Telefon: (+99871) 239-24-37, e-mail: info@minsport.uz.

Tanlovga yuborilgan loyiha Jismoniy tarbiya va Sport vazirligi faoliyatini yoritib beruvchi ramziy xususiyatlarga, betakror badiiy echim va badiiy g'oyaning izchilligiga ega bo'lishi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi yozuvi bo'lishi shart.

Tanlovga loyihalar 2019 yilning 1 dekabridan 15 dekabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. Tanlov g'olibi 2019 yil 20 dekabrda elon qilinadi.

Hakamlar hayati tanlovning asosiy talablariga javob bermaydigan loyihalarni ko'rmaslikka haqli. Hayat azolarining har biri bitta ovoz berishga ega. Agar hayat azolarining ovozi teng bo'lsa, komissiya raisi yakuniy ovozga ega bo'ladi.

Hakamlar hayatining tanlov g'olibini mukofotlash to'g'risidagi qaroridan so'ng tanlov natijalari vazirlik rasmiy sayti va turli OAV orqali elon qilinadi.

Tanlov natijalariga ko'ra g'olib ishtirokchiga 10 000 000 (o'n million) so'm miqdoridagi pul mukofoti beriladi. SHunday ekan, tanlovda faol ishtirok eting va g'olib bo'ling.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing