16 apr 19:52
Yangiliklar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida tegishli tayinlovlar amalga oshirildi
Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabievning tegishli buyrug'i bilan shu kungacha Sport o'yinlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori lavozimida faoliyat ko'rsatib kelgan Rahmatxo'jaev Muzaffarxo'ja Yunusxonovich 2020 yil 14 apreldan vazirlikning Oliy sport yutuqlari, milliy terma jamoalarini shakllantirish va tayyorlash boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
SHuningdek, Xasanov Jamshidbek Xalimovich hududlarni sportga ixtisoslashtirish va o'yin sport turlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
Mamatnazarov Bahodir Ismoilovich esa endilikda Sport yakkakurashlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori lavozimida faoliyat olib boradi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati
Fikrlar