So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

15 apr 16:40
Yangiliklar

Boshqalar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida vazir maslahatchisi tayinlandi

Teglar :  Vazirlik
O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug'i bilan yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi.

Rasulov Zokir Pardaevich Jismoniy tarbiya va sport vazirining manaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taminlash masalalari bo'yicha maslahatchi etib tayinlandi.

U faoliyati davomida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlarda Ichki nazorat va monitoring bo'limi boshlig'i, Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni monitoringini olib borish va sifatini baholash bo'limi boshlig'i, vazir yordamchisi kabi lavozimlarda ishlagan.

Malumot uchun: davlat tili masalalari bo'yicha maslahatchi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

- vazirlikda manaviy-marifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlari hamda dasturlarning ijrosini tashkil etadi;

- manaviy-marifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlariga so'zsiz rioya etilishini tanqidiy o'rganadi, bu borada aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini ko'radi;

- davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga so'zsiz rioya etilishini taminlash bo'yicha jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etadi;

- manaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tilini rivojlantirishga oid qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

- xodimlarga davlat tilini chuqur o'rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi hamda davlat tilini keng targ'ib qilish va rivojlantirish choralarini ko'radi;

- hududlardagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan lavhalar, elonlar, reklama va ko'rgazmali boshqa axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili va reklama to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo'lishini taminlashda ishtirok etadi;

- davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo'llab-quvvatlash, ilmiy asoslangan yangi so'z va atamalarni istemolga kiritish, zamonaviy atamalarning o'zbekona muqobillarini yaratish bo'yicha takliflar kiritadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing