14 apr 15:32
Yangiliklar
Jiu-jitsu: Jahon kubogidan 15 ta medal bilan!
Xalqaro Jiu-jitsu federaciyasi (IJJF) hamda Xalqaro universitet sport federaciyasi (FISU) tashabbusi bilan tashkil etilgan sport bayramida dunyoning 20ga yaqin davlati sportchi talabalari ishtirok etdi.
Quvonarlisi, O'zbekiston Jiu-jitsu federaciyasi mazkur nufuzli musobaqada ilk bora qatnashgan bo'lishiga qaramay eng yaxshi natijaga erishdi.
Ne Waza, Fighting, Duo system yo'nalishlarida bo'lib o'tgan murosasiz bahslar yakunida Umid Nabiev, Feruz Usmonov, Nozimjon Odilov, Kamoliddin Anorqulov, Azizbek Tohirov, Umid Rahimovlar terma jamoamiz hisobiga 6 ta oltin medalni qo'shib qo'ydi. SHuningdek, yana 4ta kumush va 5ta bronza medaliga sazovor bo'lgan vakillarimiz umumjamoa hisobida faxrli 2-o'rindan joy oldi.
Mezbonlar 1-o'rinni, qozog'istonlik jiu-jitsuchilar esa 3-o'rinni qo'lga kiritdi. Sportchilarimiz 16 aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olinadi.
Fikrlar