18 fev 16:53
Yangiliklar

Jiu-jitsuchilarimiz Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda + FOTO
Turli yosh toifalarida o'tkazilayotgan Osiyo birinchiligida hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda.
Jumladan, U-16 toifasida Allayar Bag'bergenov -48 kg vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritdi. SHamshodbek Samadov esa -62 kg vaznda bronzaga sazovor bo'ldi.
SHuningdek, Samandar SHomurodov -56 kg vazn toifasida "fighting" yo'nalishida bronzaga ega chiqdi. Yoshlar o'rtasidagi bahslarda Bahodir Ahmadjonov -77 kg vaznda bronza medali sohibiga aylandi.
U-18 toifasida -52 kg vaznli Muhammadsamir Mirzaboev, -48 kg vaznda esa Alisher Farxatov ham bronza medalini qo'lga kiritdi.
U-14 yo'nalishida Kamola G'ulomova -36 kg vaznda nevaza va fighting yo'nalishlarida bronza sohibasiga aylandi.
Fikrlar