30 mar 12:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Jo Rogan: "U sport tarixidagi eng buyuk shaxs"
Amerikalik 58 yoshli mashhur podkaster, UFC sharhlovchisi Jo Rogan sport tarixidagi eng buyuk shaxs kim degan savolga javob berdi.
"Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor sport tarixidagi eng buyuk shaxs. Uning yaqin atrofida hech kim yo'q. Konor - sport tarixidagi eng dinamik inson", - deya Roganning so'zlarini keltiradi X ijtimoiy tarmog'idagi FREAK.MMA akkaunti.
Irlandiyalik aralash yakka kurash ustasi 2021 yil iyul oyidan beri MMAda jang qilmagan. O'shanda Konor UFC 264 turnirida birinchi raunddayoq texnik nokaut (oyoq jarohati) bilan engil vazn toifasida UFC vaqtinchalik chempionligi sobiq egasi amerikalik Dastin Porega yutqazgan edi. Uning professional rekordi jami 22 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyatdan iborat.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar