03 jan 18:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Jo Rogan Xabib va Islam Maxachevni solishtirdi: "Islam boshqa daraja"
UFC sharhlovchisi Jo Rogan Xabib Nurmagomedov va Islam Maxachevni taqqosladi.
"Xabib — barcha zamonlarning eng buyuk jangchilaridan biri. Bunda hech qanday shubha yo'q. Lekin Xabib bilan Islam o'rtasidagi farq shundaki, Islam tik holatda elit darajada ishlaydi. Xabibning zarba texnikasi juda yaxshi edi, ammo Islam Volkanovskini xay-kik bilan nokaut qildi — bunday usul Xabib arsenalida umuman yo'q edi.
Islam — butunlay boshqa darajada. U yana bir pog'ona yuqori. U seni tik holatda ham, parterda ham nokaut qilishi, bo'g'ib qo'yishi, erga yotqizishi mumkin. U o'z vazn toifasi uchun juda katta. Bu erda omillar juda ko'p. Hatto tik holatda ishlayotganingda ham, sen doim uning kurashi haqida o'ylab turasan", — dedi Rogan.

Havola :
Manba : Red Corner MMA
Fikrlar