19 sen 16:05
Yangiliklar
Futbol

“Johor Darul Tazim” - “Saut CHayna” o'yinida o'zbekistonlik hakamlar
Ertaga OFK kubogi-2016 chorak final javob o'yinlariga start beriladi.
“Johor Darul Tazim” (Malayziya) – “Saut CHayna” (Gongkong) o'yinida FIFA referisi Ilgiz Tantashev bosh hakam bo'ladi. Unga qanotlarda Andrey Capenko va Alisher Usmonovlar yordam berishadi. Zaxiradagi hakam vazifasini SHerzod Qosimov bajaradi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi birinchi o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgan edi.
OFK kubogi-2016. 20 sentyabr, seshanba
Johor Bahru. “Larkin stedium” stadioni.
“Johor Darul Tazim” (Malayziya) – “Saut CHayna” (Gongkong)
Referi: Ilgiz Tantashaev
Referi assistenti 1: Alisher Usmonov
Referi assistenti 2: Andrey Capenko
To'rtinchi hakam: SHerzod Qosimov (barchasi O'zbekiston)
Uchrashuv komissari: Anvarul Huq Helal (Bangladesh)
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar