23 mar 18:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jons ham promoushen biznesiga kirib keldi. U egalik qiladigan Ligada o'zbekistonlik sportchi ham bor!
Og'ir vazn toifasida UFC'ning amaldagi chempioni Jon Jons Dirty Boxing Championship promoushenining hammuallifiga aylandi.
Bu haqda Jonsning o'zi malum qildi.
"Birinchi turnirdayoq hayratda qoldim. Bu jang sanati olamida haqiqiy kuchga aylanishiga ishonaman. Bu loyiha bilan mening ismim bog'langanidan faxrlanaman", dedi Jons.
Dirty Boxing Championship o'tgan yili Mayk Perrini o'z ichiga olgan guruh tomonidan tashkil etilgan. Hozircha Liga birgina musobaqa o'tkazdi. 2024 yilning noyabr oyida bo'lib o'tgan turnirda o'zbekistonlik Anvar Boynazarov braziliyalik Tiago Beloni nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : TMZ
Fikrlar