12 jan 09:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Jonni Uoker: "Bogdanga raqib topiladi, chunki..."
Yarimog'ir vazn toifasidagi braziliyalik aralash yakkakurash ustasi Jonni Uoker o'zbekistonlik sobiq jamoadoshi Bogdan Guskovga qarshi bekor qilingan jangi haqida fikr bildirdi.
Ular o'rtasidagi bahs 19 yanvar tongida Los-Anjelesda tashkil etiladigan UFC 311 turniri doirasida o'tkazilishi kerak edi.
"Men jiddiy jarohat oldim, shu sababli keyingi haftada bo'lib o'tadigan UFC 311 musobaqasida qatnasha olmayman. Bundan juda xafa bo'ldim, chunki men bir necha oy davomida qattiq mehnat qildim, tinmay mashq qildim. Nachora, shunaqasi ham bo'lar ekan. Bogdanga omad tilayman. Umid qilamanki, unga raqib topiladi, chunki u ham ko'p kuch sarfladi", dedi Uoker.
Malumot uchun, Jonni Uoker yarimog'ir vazn toifasi UFC reytingida 9, Guskov esa 12-o'rindan joy olgan.
Havola :
Manba : MainCard
Fikrlar