19 fev 10:10
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Antaliyadagi turnir saralashini g'alaba bilan boshladi
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Turkiyaning Antaliya shahrida start olgan “Fyuchers” turnirining saralashidagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
Musobaqaning mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Terma jamoamiz azosi saralashda uchinchi raqam ostida tasniflangan. Kecha Jo'rabek ilk davrada shveycariyalik Steverin Steynerni 6:0, 6:0 hisobida taslim etdi.
Bugun Karimov saralashning ikkinchi davra uchrashuvida rossiyalik Ivan Kalininga qarshi kortga chiqadi. Kalinin birinchi bosqichda germaniyalik Leonard Sauerdan 6:0, 6:3 hisobida ustun kelgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar