20 dek 08:32
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Doha turnirining to'rtinchi raketkasini mag'lub etdi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
6th Qatar ITF Futures 2017 musobaqasida hamyurtimiz Jo'rabek Karimov ham ishtirok etyapti. Juftlikda chorak finalga chiqqan istedodli tennischimiz kecha oqshom yakkalikdagi ishtirokini ham muvaffaqiyatli boshladi.
Jo'rabek ilk davrada turnirning to'rtinchi raketkasi franciyalik Maksim Xamouga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda Karimov kuchli raqibini 6:2, 6:4 hisobida mag'lub etib, ikkinchi davraga yo'l oldi. Uning chorak final yo'lidagi raqibi gollandiyalik Tim Van Riytxoven bo'ladi.
Taqqoslash uchun, Jo'rabek Karimov dunyo reytingida 612, Xamou esa 344-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar