25 okt 12:55
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek ham g'alaba qozondi, yarim finalda o'zbek derbisi bo'ladi
Malayziyadagi mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi "Fyuchers" turnirida o'zbekistonlik tennischilar ham qatnashayotgani haqida xabar qilgandik.
Avvalroq, qirg'izistonlik tennischi bilan juft bo'lib ishtirok etayotgan Humoyun Sultonov yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritganligi haqida xabar bergandik.
Boshqa bir tennischimiz Jo'rabek Karimov ham juftliklar bahsida yarim finalga chiqdi.
Xitoylik Aoran Vang bilan juftlik hosil qilgan Jo'rabek turnirda birinchi raqam ostida saralangan tandem Xarunday/Evseev juftligini 1 soat 1 daqiqa ichida 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Endi tennischilarimiz juftlik bahslari yarim finalida o'zaro to'qnash keladilar:
Jo'rabek Karimov (O'zbekiston)/Aoran Vang (Xitoy) - Daniyar Duldaev (Qirg'iziston) - Humoyun Sultonov (O'zbekiston)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar