15 dek 09:51
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Karimov Doha turniri yakkaligida yarim finalga chiqdi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
“Qatar Fyuchers 5” nomli musobaqaning asosiy to'r bahslarida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Jo'rabek Karimov chorak final uchrashuvini o'tkazdi. Tennischimizning raqibi germaniyalik Jorj van Massov bo'ldi.
Bir soatu 52 daqiqa davom etgan bahsda Jo'rabek raqibini 6:1, 1:6, 6:1 hisobida mag'lub etdi. Bugun Karimov yarim finalda turnir kashfiyotiga aylangan germaniyalik Benajamin Hassanga qarshi kortga chiqadi. Bu tennischi chorak finalda turnirning ikkinchi raketkasini mag'lub etdi.
Taqqoslash uchun, Jo'rabek Karimov dunyo reytingida 614, uning bugungi raqibi Benjamin Hassan esa 629-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar