26 okt 11:00
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Karimov juftlikda finalga chiqdi
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Malayziyadagi turnirda juftlik bahslarida finalga chiqdi.
Xabar berganimizdek juftlik bahslarida xitoylik Aoran Vang bilan birga ishtirok etayotgan Jo'rabek yarim finalda boshqa bir tennischimiz qatnashayotgan juftlik Humoyun Sultonov va Doniyor Duldaev (Qirg'iziston) hamkorligiga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 9 daqiqa davom etgan o'yinda Jo'rabek va uning sherigi 6:2, 1:6, 10:5 hisoblarida g'alaba qozondi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar