26 okt 08:08
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Karimov Malayziya turnirida chorak finalga chiqdi
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnir davom etmoqda.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtimiz Jo'rabek Karimov yakkalik bahslarida chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda kanadalik Kelsey Stivensonni mag'lub etdi.
Bir soatu 34 daqiqa davom etgan bahsda Jo'rabek 6:3,
6:1 hisobida ustun keldi. O'tgan hafta Malayziyadagi turnirda bosh mukofotni qo'lga
kiritgan 19 yoshli Jo'rabek dunyo reytingida 1029, 27 yoshli Kelsey 966-o'rinni
egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar