18 jan 08:50
Yangiliklar
Tennis
Jo'rabek Karimov Misrdagi turnirning asosiy davrasida kortga chiqdi
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Misrning SHarm-el-SHayx shahrida o'tkazilayotgan turnirda ishtirok etyapti.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqadagi ishtirokini saralash bahslaridan boshladi. Saralashda birinchi raqam ostida tasniflangan Jo'rabek ikkinchi bosqichda italiyalik raqibini mag'lub etib, asosiy to'rga yo'llanma oldi.
Afsuski, asosiy to'rning ilk davrasida u franciyalik tennischi Jyules Okalaga 6:7(3), 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bosniya va Gercegoviniya tennischisi Adlin Setkich bilan tandem hosil qilgan Karimov juftliklar musobaqasida ham mag'lubiyatga uchradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar