06 sen 15:50
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Karimov Novi Saddagi ishtirokini yakunladi
Serbiyaning Novi Sad shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqada hamyurtimiz Jo'rabek Karimov ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdi. Istedodli tennischimiz juftliklar musobaqasining ilk davrasida mag'lubiyatga uchragan edi.
Bundan bir necha
daqiqa avval Jo'rabek asosiy to'rning ilk bosqichida kortga chiqdi. Hamyurtimiz 1
soatu 25 daqiqa davom etgan uchrashuvda xorvatiyalik Frano Raspudichga 2:6, 4:6 hisobida
yutqazdi. 26 yoshli bu tennischi dunyo reytingida 1249, 19 yoshli Jo'rabek esa
950-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar