12 mar 09:33
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Karimov Qozonda, uning ilk raqibi mezbon tennischi bo'ladi
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov bugundan Rossiyaning Qozon shahrida asosiy to'r bahslari boshlanuvchi turnirda ishtirok etadi.
Kazan Open musobaqasining sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Hamyurtimiz to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'r bahslarida o'z mahoratini namoyish qiladi.
Qura natijasiga ko'ra Jo'rabek Karimov birinchi davra uchrashuvida rossiyalik Yan Sabaninga qarshi kortga chiqadi. Tennischimiz turnirda ettinchi raqam ostida tasniflangan.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
09:04
Ikki kundan keyin Olma-Otada Octagon 73 turniri o'tkaziladi, unda hamyurtlarimiz ham ishtirok etadi 0
Fikrlar