14 mar 16:43
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Karimov Qozondagi turnirning juftligida zafar quchdi
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Rossiyaning Qozon shahrida o'tkazilayotgan turnirda ishtirok etyapti.
Kazan Open musobaqasining sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Turnirda ettinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz yakkalik bahslarining birinchi davrasida rossiyalik Yan Sabaninni 7:6(3), 6:4 hisobida mag'lub etgandi.
Bugun Jo'rabek turnirning juftlik musobaqasida ham g'olibona yurishini davom ettirdi. Mezbon Vladimir Polyakov bilan uchinchi raqamli juftlikni hosil qilgan Karimov rossiyalik tennischilar - Sergey Bolotov va Ivan Mixaylyukni 6:0, 6:3 hisobida engdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
09:04
Ikki kundan keyin Olma-Otada Octagon 73 turniri o'tkaziladi, unda hamyurtlarimiz ham ishtirok etadi 0
Fikrlar