07 mar 07:59
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Karimov Rossiya turniri juftligida kortga chiqdi
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Rossiyaning Almetivsk shahri mezbonlik qilayotgan turnirda ishtirok etyapti.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Jo'rabek turnirning beshinchi raketkasi sifatida harakat qilmoqda.
Kecha tennischimiz juftliklar musobaqasida kortga chiqdi. Rossiyalik Vladimir Polyakov bilan uchinchi raqamli juftlik hosil qilgan Jo'rabek ilk davradayoq mag'lubiyatga uchradi. Ular mezbon tennischilar Timofey Skatov va Aleksey Zaxarovga 6:3, 1:6, tay-brekda 5:10 hisoida yutqazishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
09:04
Ikki kundan keyin Olma-Otada Octagon 73 turniri o'tkaziladi, unda hamyurtlarimiz ham ishtirok etadi 0
Fikrlar