06 mar 08:19
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Karimov Rossiya turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Rossiyaning Almetivsk shahri mezbonligida o'tayotgan turnirdagi ishtirokini boshladi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Jo'rabek turnirning beshinchi raketkasi sifatida harakat qilmoqda.
Hamyurtimiz birinchi davrada asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan mezbon tennischi Aleksey Zaxarovga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan bahsda Karimov 2:6, 6:4, 6:2 hisobida g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar