15 mar 09:56
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Qozonda turnirning birinchi raketkasiga qarshi kortga chiqadi
Xabar berganimizdek, istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Rossiyaning Qozon shahrida o'tkazilayotgan turnirda muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etyapti.
Kazan Open musobaqasining sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Turnirda ettinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz rossiyalik ikki tennischini mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga yo'llanma olgandi.
Etiborlisi, uchinchi raqib ham mezbon raketka ustasi bo'ladi. Jo'rabek yarim final chiptasi uchun rossiyalik Taymuraz Gabashviliga qarshi kortga chiqadi. O'n to'qqiz yoshli Jo'rabek Karimov dunyo reytingida 580, 32 yoshli Gabashvili esa 313-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
09:04
Ikki kundan keyin Olma-Otada Octagon 73 turniri o'tkaziladi, unda hamyurtlarimiz ham ishtirok etadi 0
Fikrlar