05 mar 08:21
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Rossiyadagi turnirda, uning ilk davradagi raqibi malum
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov bugundan asosiy to'r bahslari boshlanuvchi Rossiyadagi turnirda ishtirok etadi.
Almetivsk shahri mezbonligida o'tayotgan "Fyuchers" turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Jo'rabek turnirning beshinchi raketkasi sifatida harakat qiladi.
Qura natijasiga ko'ra, hamyurtimiz birinchi davrada asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan mezbon tennischi Aleksey Zaxarovga qarshi kortga chiqadi. Karimov rossiyalik Vladimir Polyakov bilan birga juftlik bahslarida ham ishtiok etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar