02 iyu 10:25
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/810_220.jpg)
Jo'rabek va Humoyun Londondagi turnir vice-chempionlari!
Buyuk Britaniyaning London shahrida tennis bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi nufuzli Nike Junior International Roehampton turniri o'z yakuniga etdi.
Avval xabar berganimizdek, ushbu musobaqada mamlakatimizning ikki istedodli tennischilari – Jo'rabek Karimov va Humoyun Sultonov ham ishtirok etayotgandi. Yakkalik bahslarini biroz erta tark etgan hamyurtlarimiz juftliklar musobaqasida finalgacha etib borishdi.
Jo'rabek va Humoyun hal qiluvchi final uchrashuvida amerikalik raqiblari Ulises Blanch hamda Vasil Kirkov tandemiga qarshi kortga chiqishdi. Dastlabki setni 6:4 hisobida o'z foydalariga hal qilgan hamyurtlarimiz keyingi setda mag'lub bo'lishdi - 1:6. Hal qiluvchi tay-brekda esa amerikalik tennischilar 10:8 hisobida g'alaba qozonib, bosh mukoofotni qo'lga kiritishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar