01 iyu 07:45
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/751_220.jpg)
Jo'rabek va Humoyun Londondagi turnirda finalga chiqdi
Buyuk Britaniyaning London shahrida o'tkazilayotgan o'smirlar o'rtasidagi nufuzli turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Avval xabar berganimizdek, ushbu musobaqada mamlakatimizning ikki istedodli tennischilari – Jo'rabek Karimov va Humoyun Sultonov ham ishtirok etayotgandi. Yakkalik bahslarini biroz erta tark etgan hamyurtlarimiz juftliklar musobaqasida final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Jo'rabek va Humoyun kecha o'tkazilgan yarim final uchrashuvida yaponiyalik tennischilar juftligi – Naoki Tajima va Yunosuke Tanakani ikki setda ham bir xil 6:2 hisobida mag'lub etshidi. Bugun o'tkaziladigan hal qiluvchi final uchrashuvida tennischilarimiz amerikaliklar – Ulises Blanch va Vasil Kirkov tandemiga qarshi kortga chiqishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar